Mahsulotlarni iste’mol qilish uchun eng maqbul payt

Banan


Tushlikda iste’mol qilish immunitetni ko‘taradi, teri holatini yaxshilaydi


Kechki ovqatda tanovul qilish ovqat hazm qilish faoliyati bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi




Olma


Nonushtada iste’mol qilish uning tarkibidagi pektin moddasi mavjudligi sabab qondagi xolesterin va qandi pasaytirish xususiyatiga ega

Kechki ovqatda iste’mol qilingan olma tarkibidagi pektin moddasi tunda qiyin hazm bo‘ladi, u me’da kislotasining ortib ketishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.


Kartoshka


Nonushtada tanovul qilingan kartoshka xolesterin miqdorini pasaytiradi

Kechki ovqatda iste’mol qilingan kartoshka tarkibida uglevodlar ko‘p bo‘lgani bois ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.


Sut


Tunda iste’mol qilingan issiq sut tinchlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lib yaxshi uxlashga ta’sir etadi.

Nonushtada ichilgan sut esa hazm jarayoniga salbiy ta’sir etadi.


Turli xildagi yong‘oqlar


Tushlik va kechki ovqatlanish orasida yengil tamaddi qilib oluvchilar uchraydi. Bu vaqtda iste’mol qilingan yong‘oq qon bosimini me’yorlashtiradi.

Kechki ovqatda tanovul qilish esa, ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.


Apelsin


Yengil tamaddi vaqtida yeyilgan apelsin hazm jarayonini yaxshilaydi, moddalar almashinuviga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Nonushtaga tanovul qilingan meva me’da faoliyatiga salbiy ta’sir etadi va gastritga sabab bo‘lishi mumkin.


Pomidor


Nonushtaga tanovul qilingan pomidor ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilab, moddalar almashinuviga samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Kechki paytda iste’mol qilingani oshqozon og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.


Guruch


Nonushtada iste’mol qilingan guruch kishini kun davomida energiya manbai bilan ta’minlaydi

Kechki payt tanovul qilingani tana vaznining ortishiga sabab bo‘ladi.


Qora shokolod


Nonushtada iste’mol qilingani antioksidantlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. U yurak xastaliklarini oldini olishda muhim ta’sir kuchiga ega.


Kechki payt tanovul qilingan shokolod ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi.


Anjir va quritilgan meva qoqilari


Nonushtada tanovul qilish moddalar almashinuvini yaxshilab, hazm jarayoniga ijobiy ta’sir etadi.

Tunda iste’mol qilingani esa hazm jarayoni muammolariga sabab bo‘ladi.


Pishloq


Nonushtaga yeyilgan pishloq ortiqcha vazn yig‘ilishiga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Tunda istemol qilinsa,bu mahsulotning  hazm bo‘lishi qiyin bo‘lib, me’da faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish holatlari kuzatilishi mumkin.


Xurshida HUSENOVA


soglom.uz/tavsiya/mahsulotlarni-istemol-qilish-uchun-eng-maqbul-payt/