Qovunning inson salomatligi uchun foydali jihatlari ko‘p. Quyida ular haqida ma’lumot beramiz.
Har qanday turdagi qovunning 100 grammi organizmning S vitaminiga bo‘lgan sutkalik talabini yaqin 20–30 foiz ta’minlay oladi. Bu vitamin tana to‘qimalarining normal holatda bo‘lishi va o‘sishi uchun muhim. Shuningdek, u jarohatning bitishiga, suyak va tishlarning tiklanishiga yordam beradi.
A vitamini ko‘zning to‘r pardasini himoya qiladi, ko‘zning o‘tkirligini yaxshilaydi. Uning yetishmovchiligi immunitet tizimida muammolarni keltirib chiqaradi.
Qovunning aksariyat navlarida V vitamini ham bo‘ladi. U shakar va uglevodlarni qayta ishlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, qovun tanani quvvatlantiradi.
Ozishga yordam beradi. Uning kaloriyasi juda kam (100 grammida 35 kkalga yaqin), yog‘ esa yo‘q. Bundan tashqari, uning suvi to‘qlik hissini paydo qiladi.
Qovun tarkibida saratonga qarshi kurashuvchi moddalar mavjud.
Qon oqimini tezlashtiradi. Bu o‘z navbatida insult va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Siydik haydash xususiyatiga ham ega. Ertalablari muntazam ravishda qovun yeb turilsa, buyrak sog‘lom bo‘ladi.
Qovun tarkibidagi vitaminlar terini taranglashtiradi.
Ichaklarni tozalaydi va qabziyatni davolaydi. Undagi minerallar oshqozon bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘luvchi kislotani bartaraf qiladi.
Qovun tarkibidagi oziq moddalar soch o‘sishini tezlashtiradi va soch to‘kilishining oldini oladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/qovunning-foydali-xususiyatlari/