Sog‘lom ozish

Sog‘lom ozish uchun haftasiga necha kilogrammdan vazn tashlash kerak?

Ortiqcha vazn sog‘liq uchun zararli ekani sir emas. Lekin vaznning keskin kamayishi ham xavfli bo‘lishi mumkin. Yaqinda AQSHlik mutaxassislar tadqiqot o‘tkazishdi va sog‘lom ozish uchun haftasiga necha kilogrammdan vazn tashlash kerakligini aniqladi. Ular vaznning sezilarli darajada kamayishi uchun bir hafta yetmasligini ta’kidlashmoqda.

To‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilinsa va jismoniy mashg‘ulotlarga vaqt ajratilsa, birinchi hafta davomida yaqin bir kilogrammga ozish mumkin. Bu esa inson sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydi.

Birinchi haftada tanadan yog‘lar emas, suv chiqib ketadi. Shundan keyin vazn ortishi haftasiga 500 grammdan ortmasligi kerak. Sog‘lom ozish jaryonini tezlatish uchun kaloriyasi kam, shu bilan birga tarkibida murakkab uglevodlari ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/soglom-ozish-uchun-haftasiga-necha-kilogrammdan-vazn-tashlash-kerak/