Zaytun yog‘i tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari – olein kislotasi bor. U inson organizmidagi xolesterinni parchalaydi, qon tomir devorini mustahkamlaydi.
Kishining umumiy sog‘ligini tiklaydi, turli kasalliklarga shifo bo‘ladi. Zaytundagi linol tanadagi jarohatlarning tez bitishiga, ko‘z ravshanligiga yordam beradi. Yurak kasalliklarining oldini oladi. Ularni samarali davolaydi. Yurakning yosh saqlanishiga sabab bo‘ladi. Keksalarning yurak faoliyatini yaxshilaydi. Arteriya qon tomirlarini egiluvchan (elastik) qiladi. Sistolik, diastolik qon bosimini pasaytiradi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi va uni me’yorda ushlab turadi. Ovqat hazm qilish a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, me’da-ichak va me’da osti bezi, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichakdagi yaralarni tuzatadi. Ichni ravon qiladi. Organizmning yasharishiga yordam beradi. Zaytun yog‘ini har kuni iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimidagi stenokardiya, infarkt, saraton, xususan, ayollarda ko‘krak saratoni, qandli diabet, semirish kasalliklari xavfini kamaytiradi. Zaytun yog‘i insonning yosh, navqiron ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Bu yog‘ tarkibidagi moddalar qondagi zaharli xolesterin, triglitsirid miqdori oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suyakni mustahkamlaydi, yuqori arterial qon bosimini me’yorlashtiradi, bavosil (gemorroy) kasalligini davolaydi. Ruhiy kasalliklarning oldini oladi. Jumladan, bu moyni iste’mol qilish tushkunlikni bartaraf etadi. Chunki zaytun yog‘i insonni ruhan kuchli, baquvvat qiladi. Yana ushbu yog‘ tarkibidagi shifobaxsh moddalar sababli miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, zaytun yog‘i bosh miya faoliyati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi. Qarilikni sekinlashtiradi. Yaratganning izmi bilan kishiga uzoq umr bag‘ishlaydi. Zaytun yog‘i, teriga, labga, qovoqlarga surkab turilsa, ularni chiroyli qiladi. Ko‘zni quvvatlantiradi, soch, tirnoqlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sochlarni mustahkamlaydi va egiluvchan qiladi. O‘ta quruq terini muloyim, ovozni mayin qiladi, tishni, milkni mustahkamlaydi.
Sevara GAZIBAYEVA,
1-Respublika tibbiyot kolleji Farmatsiya kafedrasi mudiri
soglom.uz/tavsiya/zaytun-yogi-shifo-manbai/