Qur’on o‘qishning sog‘liqqa foydalari

Olimlar aniqlashicha, doim Qur’on o‘qiydigan odam ruhiy bezovtalikdan yuqori darajada himoyalanadi.


Bundan tashqari:

 – Qur’on o‘qiydigan odam huzur-halovat topadi, xotirjamlikka erishadi;

 – Qur’on o‘qish immunitetni kuchaytiradi;

 – Qur’on o‘qiydigan odam ruhan, jismonan sog‘lom bo‘ladi;

 – Qur’on o‘qiydigan inson uchun yurak xastaligi begonadir;

 – Mus’hafga qarab Qur’on o‘qish ko‘zni ravshan qiladi;

 – xotirani mustahkamlaydi, miya faoliyatini rivojlantiradi;

 – kishining fikrlash qobiliyatini o‘stiradi, dunѐqarashini kengaytiradi;

 – insonning o‘ziga ishonchini orttiradi;

 – to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi;

 – dunѐga hirs qo‘yish, tama, hasad, g‘iybat kabi illatlar oqibatida kelib chiqadigan moddiy kasalliklardan asraydi;

 – Qur’onni tajvid qoidalariga muvofiq o‘qish nutqni rivojlantiradi, kishini so‘zga chechan qiladi;

 – Qur’on o‘qish tomoq og‘rig‘iga davo bo‘ladi;

 – Qur’on o‘qigan kishi vasvasa, hadiksirash, behuda xavotirlanishdan yiroq bo‘ladi;

 – qiroat bosh og‘rig‘ini samarali davolaydi…


“Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan