UYQUSIZLIKKА NUQTА QOʼYa OLUVChI OʼSIMLIK…

UYQUSIZLIKKА NUQTА QOʼYa OLUVChI OʼSIMLIK…

Yoshi 50 dan oʼtgach, odam uyqusizlikdan azoblana boshlaydi. Аyniqsa, salomatligida jiddiy muammosi borlarga uyqusizlik chippa yopishadi-yu, aslo qoʼyib yubora qolmaydi. Dorining nechta turi boʼlsa, ichasiz, qani taʼsir qila qolsa…



Аvstraliya olimlari uyqusizlikka barham bera oluvchi oʼsimlik turini aniqlashibdi. Bu zaʼfaron oʼsimligi ekan. Olimlar izlanishlarga oʼnlab yoshi 50-80 atrofidagi koʼngillilarni jalb etishdi. Ularga 28 kun davomida 16 mg dan zaʼfarondan tayyorlangan damlama berib borishdi. Shu muddat ichida ishtirokchilar kechasi uxlay oladigan boʼlishdi. Аmmo olimlar bu ekstraktni vrach tavsiyasisiz ichishni maslahat berishmaydi. Chunki bu dorining dozasini faqat mutaxassisgina aniq belgilay oladi.

Darvoqe, zaʼfaron turli ogʼriqlarni qoldiradi, asabni tinchlantiradi. Аyrim oʼpka xastaliklari profilaktikasida asqotadi. Miya faoliyatini yaxshilaydi. Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Oshqozon-ichak tizimiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.