Til achishishining sabablari

?TIL NEGА АChIShАDI?

Til achishishining sabablari koʼp. Ulardan eng asosiysi til shilliq qavatining yalligʼlanishidir. Bunda til soʼrgʼichlari yalligʼlanadi va taʼm bilish hissi yoʼqoladi.

Bundan tashqari, quyidagi omillar ham til achishishiga sabab boʼlishi mumkin:

▪️ qandli diabet;

▪️ jigar xastaliklari;

▪️ oshqozon-ichak kasalliklari;

▪️ boshqa ichki kasalliklar.

▪️ Til achishishini davolash alohida tibbiy muolaja talab qilmaydi. Faqatgina til har xil oʼsimlik yogʼlari bilan yogʼlab turiladi. Bunday yogʼlar sirasiga zaytun, naʼmatak, bodom va oʼsimlik yogʼlari kiradi.