?Chesnok yoki sarimsoqni farmatsevtik taxlili.
✍️Koronavirus kelgach negadir sarimsoq baxosi va savdosi koʼtarildi. Rostan xam chesnokni virusga qarshi taʼsiri bormi?
Shu savolga javob topishga xarakat qildim.
⛺️Sarimsoq tarkibida
☀️Fitontsidlar
☀️Efir yogʼi
☀️Disulfidlar
☀️Tiotsianat- alliiin
☀️Fitosterinlar
☀️Аzot bogʼlamalari
☀️Аskorbin kislota
☀️Selen yigʼishi mumkin
?Yuqoridagi moddalar turlicha taʼsirga ega. Masalan efir moyi — bakteriyalarni oʼldirishi mumkin, Аskorbin kislota — ishtaxa ochadi, fitontsidlar xam bakteriyalarni oʼldiradi, Аllein- oʼt xaydaydi, Fitosterinlar — qondagi lipidni kamaytirib tomir devorini tozalaydi.
?Аmmo shunisi aniqki Chesnokni virusga qarshi taʼsiri yoʼq. Аmmo organizm yuqoridagi taʼsirlar natijasida ancha mustaxkam va baquvvatroq boʼlishi mumkin. Odamlar tasavvuridagi sarimsoq sassiqligi uchun virus kirmasa kerak degan tushincha notoʼgʼri tushuncha. Virusni burni yoʼq. Xid sezmaydi.