Qon bosimini tushirishning xalqona usullari

Qon bosimini tushirishning xalqona usullari

Yuqori qon bosimi — tashvishlanish uchun jiddiy sabab. Biroq bundan xafa boʼlib, depressiyaga tushishning hojati yoʼq, chunki bu bilan ahvolingizni yomonlashtirganingiz qoladi, xolos. Bugunga kelib, koʼplab kasalliklarning davosi mavjud, faqatgina mutaxassisga oʼz vaqtida murojaat qilinsa bas. Shunda kasallikning rivojini boshlangʼich bosqichdayoq toʼxtatish mumkin boʼladi. «Ortodoks» tibbiy portali shu haqida xabar berdi.


Shifokorlar qon bosimini tushirishda xalqona usullardan foydalanishni taqiqlashmaydi, biroq davolovchi kardiolog va terapevt bilan maslahatlashish ortiqcha boʼlmaydi — davolash jarayonlari shifokor nazorati ostida oʼtishi lozim.

Qon bosimini tushiruvchi xalqona usullar

Аrterial qon bosimini normallashtirish uchun ikki hafta davomida yangi siqilgan qora mevali ryabina sharbati (25 g)ni ichish yoki kuniga 10 dona mevasini isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Qon bosimini tushirishning koʼp xalqona usullari bor.

Qon bosimini tushirish uchun sarimsoqli damlamani qabul qilish mumkin. Uni tayyorlash uchun 2 bosh sarimsoqni maydalab, ustidan suv quyish kerak (250 ml). Shundan soʼng 12 kunga tindirishga qoʼyiladi. Damlamani kuniga uch marta ovqatdan 15 daqiqa oldin 20 tomchidan qabul qilish kerak. Davolash kursi — 3 hafta.

Qon bosimini tushiruvchi mevalar haqida gap ketganda xurmo haqida unutmaslik kerak. Аrterial qon bosimini tushirish uchun har kuni 3 stakan yangi siqilgan xurmo sharbatini ichish kerak.

Bundan tashqari, gipertoniyani chernika damlamasi bilan ham davolash mumkin. Uni tayyorlash uchun 4 katta qoshiq quritilgan chernika ustidan 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 8 soat tindiriladi. Tayyor damlamadan har kuni 1 stakandan ichish kerak boʼladi.

Gipertoniyaning oʼtkir koʼrinishi, arterial qon bosimining keskin koʼtarilishida tovonlarga uksusga botirilgan kichik bint boʼlaklarini qoʼyish tavsiya etiladi. Qon bosimi tushishi bilan bintlarni olib tashlash kerak, aks holda qon bosimi meʼyordan pasayib ketishi mumkin. Bu — qon bosimini tushirishning favqulodda usuli.

Davomi bor…