Bedana tuxumi haqida
Ko’pgina sharq mamlakatlarida 300 yildan buyon chipor bedana tuxumidan turli kasalliklarni davolashda foydalanib keladilar. Meditsina nuqtai nazaridan olganda haqiqatdan ham u asab faoliyatini susayishi, sil, qand kasalligida, me’da yarasi , o’n ikki barmoq ichak yarasi, astma qon bosimi, kamqonlik kasalliklarini davolashda shifo bo’lar ekan. Bundan tashqari bedana tuxumining organizmda moddalar almashinuvini, qon aylaninshini, organizmni umumiy holatini va faoliyatini ham yaxshilashi aniqlangan.
Ko’pgina mamlakatlardagi vrachlar bemorlarni bedana tuximi bilan davolab, yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Chunki bedana tuxumi tarkibidagi fosfori bo’yicha barcha oziqlardan ustun turadi.
Tuxum xomligicha ertalab va kechqurun ovqat oldidan yutiladi. Ta’mi yaxshi bo’lsin uchun bir tilim apelsin yoki limon qoshish mumkin. Tuxumni avvaliga har kuni bir donadan iste,mol qilinib, 3-4 kundan so’ng 6 donaga yetkazish kerak. Bir davo kursiga 200 dona tuxum tavsiya etiladi. Astmani davolash uchun tuxumni 6 oy davomida yutib turish kerak. Nimjon bolalarga bedana tuxumi yaxshi yordam beradi.
Ba’zi odamlar xom tuxumni yutolmaydi. Shuning uchun ular tuxumga 1-2 choy qoshiq shakar yoki asal aralashtirib yarim stakan qaynoq suvga qo’shib ichishlari kerak. Limon suvi qo’shib ichish ham mumkin, shunda uning ta’mi yoqimli bo’lib qoladi.
Ko’pgina mamlakatlarda pishirilgan bedana tuxumidan taomni xushxo’r qilish uchun foydalanishadi.
Parrandalar tuxumi har xil bo’ladi. Ular tuxumlarining rang-barangligi, katta-kichikligi mo’jizaga o’xshaydi. Ma’lumki, tuyaqush parrandalar orasida eng katta qush hisoblanadi. Uning tuxumi kattalikda va mustahkamlikda tengi yo’q. bitta tuxumi naq bir yarim kilogrammdan ortiq keladi. Agar uning ustiga yuz kilogrammdan ortiq keladi. Agar uning ustiga yuz kilogramli yuk qo’yilsa ham ham sig’maydi.
Kolibri degan dunyoda eng mitti qush borki, uning tuxumi juda ham jajji. Bu qushning tuxumi no’xatday yoki moshdan sal yirikroq bo’ladi.
shifo.uz/article/bedana-tuxumi-haqida