Karam darmondorilarga boy sabzavot hisoblanadi. Uning tarkibida glyukoza, fruktoza, maltoza, saxaroza, pektin kabi ko‘plab moddalar mavjud. Karam S, K darmondorilari, foliy kislotasiga boy. Ammo karam (ayniqsa tuzlangan karam)ning asl holatini yil davomida uzoq muddat saqlab bo‘lmaydi.
Uning tarkibidagi S darmondorisi tashqi barglarida, ichki barglariga nisbatan ikki marotaba ko‘proq. Shu bois karamning tashqi barglarini isrof qilish aslo yaramaydi.
Karamdagi tartron kislotasi tanadagi ortiqcha uglevod va yog‘larni ajratib, chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Organizmda immunitetni kuchaytirib, turli infektsiyalarga qarshi kurashishga samarali yordam beradi. Shuningdek, tanadagi yaralarni tez bitishiga ko‘maklashadi, suyaklarni mustahkamlab, tish emalini tiklaydi. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi hamda biriktiruvchi to‘qimalar faoliyatini yaxshilab, tanani sog‘lomlashtiradi va yoshartiradi.