Pensilvaniya universiteti (AQSh) olimlarining aniqlashicha, homilador ayolning yo’ldoshi nafaqat oziqaviy moddalar va kislorod, balki stressni ham qabul qilib oladi. Buning natijasida homila miyasi rivojlanishiga ta`sir ko’rsatadigan proteinning konsentrasiyasi o’zgaradi. Mutaxassislar fikricha, nerv tizimi rivojlanishida buzilishlar ro’y berib, turli kasalliklar, xususan, shizofreniya va autizm kelib chiqishi mumkin. Bunday salbiy o’zgarishlar ayniqsa o’g’il homila uchun xavfli.