Erta tongdan yuzingiz tiniq bo’lishini istasangiz, suvga yarimta limon sharbatini soling va shu suv bilan yuzingizni arting. Ko’z ostiga besh daqiqaga o’simlik moyi surib qo’ying. Keyin oddiy suv bilan yuving.
— Ko’zlaringiz shishgan bo’lsa qaynatib olingan suvdan tomizing va besh daqiqaga ko’z atroflariga qirgichdan o’tkazilgan kartoshka qo’ying.
— Qipiqlanuvchi teri uchun niqob. Ertalab olmani qirg’ichdan o’tkazing. Sharbatini olib, bo’tqasini esa yuzingizga surting.
— Xar kuni ertalab bir stakan sutni bir bo’lak oq non bilan iching. Uyqudan oldin o’simlik moyi va smetanadan tayyorlangan niqobni o’n daqiqaga yuzingizga surting.
— Oyoqlaringiz charchasa, tog’oraga sovuq suv soling va o’n daqiqa davomida oyoqlaringizni botiring. Darxol o’ringa yotib, oyoqlaringizni yuqoriga ko’taring.
— Quyosh urishiga qarshi xar kuni 200 gr qirgichdan o’tkazilgan sabzi eb turing. Tongda sabzi sharbati bilan yuzingizni arting.
— Ajinga karshi krem. 100 gr sariyog’, 2 choy qoshiq asal va 2 osh qoshiq smetana aralashtiriladi. Ertalabki va kechki yuvinishdan so’ng o’n daqiqa davomida krem yuzga suriladi va sutga botirilgan paxta bilan artib olinadi.
— Lablaringiz olcha rangida bo’lishini istasangiz oddiy xinoni issiq suv bilan aralashtiring va massani bir tekisda labga suring. Yigirma daqiqadan so’ng sovuq suvda yuvib tashlang.
— Ko’zlar chaqnab turishi uchun xar tong ko’z gimnastikasi mashqlarini bajaring. Avval o’ngga keyin chapga qarang. Ko’zingizni soat yunalinishi bo’yicha aylantiring, uzoqdan yaqindagi buyumlarga tikilib qarang. So’ng qaynab ilitilgan suv bilan chaying.
— Sochlaringiz sog’lom nur sochishini istasangiz, xar kuni egilib (boshingiz yuragingizdan pastda bulishi kerak) sochingizni pastga karab kamida 50 marta tarashingiz lozim. Sochni yuvib bo’lgandan so’ng uni sirka aralashmasi bilan chaying. ( 1 litr suvga 1 choy qoshiq aralashtirilgan sirka).
— Sepkilga qarshi niqob. Ikki dona vodorod perokid tabletkasi bir stakan suvda eritiladi. Unga kraxmal qo’shib smetana xolatiga kelguncha aralashtiriladi. Tozalangan yuzga o’n daqiqa davomida suriladi va sovuq suvda yuviladi.
— So’lg’in terilar uchun niqob. Bir dona bodring va uch dona rediska qirg’ichdan o’tkaziladi. Unga 1 qoshiqcha asal aralashtiring va ko’z atroflarini qoldirib, yuzga surting.
— Qoshlaringiz qalin bo’lishi uchun xar tongda ularni kastor yog’iga botirilgan tish cho’tkasi bilan tarang. Qosh terishdan oldin qovoqlarni muz bulaklari bilan artib oling.
— Kipriklaringiz qalin bo’lishi uchun xaftada bir marta ularga kastor yog’ini surishingiz mumkin. Kipriklar siyraklashib qolishini istamasangiz makiyaj bilan uxlashga bormang!
— Tsellyulit yo’qoladi! Agar muammoli joyga xaftada bir-ikki marta yigirma daqiqa davomida oddiy xantal (gorchichnik) quyilsa.
— Bo’yinga e’tibor. Yuvinganingizdan so’ng bo’yningizga eritilgan cho’chka yog’i surting va yupqa mato bilan yoping. Ertalab buyin terisini sut va asal aralashmasi bilan artib oling.
— Darmondoriga boy kokteyl. 1dona limon, 2 ta olma, 2 ta bodring, 2 ta sabzini go’sht qiymalagichdan chiqaring va yarim stakan qaynab sovitilgan suv bilan aralashtiring. Aralashmani dokadan o’tkazib, xar tong iching.
— Vitaminli niqob. 1 bog shivit, 2 dona rediska, 1 dona olma, 1 dona limon, 2 choy qoshiq asal. Bu maxsulotlarni go’sht qiymalagichdan o’tkazib, asal bilan aralashtiring va xar kuni 15 daqiqaga yuzingizga niqob qiling.
— Qo’llaringiz yumshoq va mayin bo’lishini xoxlasangiz xar kuni ularni o’simlik moyi va tuxum oqi aralashmasi bilan uqalang.
— Tirnoqlarga xar kuni sutli vanna qilsangiz sinmaydi va mustaxkam bo’ladi. Sutni 40 darajagacha ilitib, tirnoqlaringizni 15 daqiqa davomida botiring.
— Varikozdan saqlanish uchun xaftada bir o’simlik moyi va qizil qalampir aralashmasi bilan oyoqlarni uqalang.
Manba: Krasota.uz