Asal va uzoq umr
Qadim-qadimdanoq asal insonning uzoq umr ko’rishida foydali hisoblanadi. Bu ne’mat avvalo organizmda qon tarkibini yaxshilaydi, barvaqt keksayishdan asraydi, immunitetni ko’taradi. Asal tarkibidagi ko’plab darmondori va shifobahsh moddalar hech bir ozuqada uchramaydi, hisob.
Zamonaviy tibbiyotda turli xastaliklarni muolaja sifatida asaldan keng foydalaniladi. Me’da-ichak kasalliklari azob berganda har kuni ertalab bir choyqoshiq asal yeyilsa yoki shuncha miqdordagi asal bir stakan qaynatib sovutilgan suvda eritib ichilsa yaxshi naf beradi.
Yuqori nafas yo’llari yallig’lanishi ham tuzatishda asalni suvda eritib og’iz bo’shlig’ini chayish kerak. Bu tomoqdagi yiringli yaralarning so’rilib ketishiga yordam beradi. Shuningdek, shamollash kasalliklarida bir oshqoshiq iliq sutga aralashtirib ichish ham foydali.
Asalni iste’mol qilishda me’yor qoidalariga amal qilish lozim. Katta yoshli kishilar kuniga bir oshqoshiqdan, yosh bolalar esa yarim choyqoshiqdan ortiq asal iste’molqilmaganlari ma’qul. Odatda asal bolalarga choyqoshiqda ovqatlanishdan 2-3 soat keyin beriladi. Shunda bolaning organizmi mustahkamlanib ishtahasi ochiladi.
Biliz joizki, asal iste’mol qilishda ayrim cheklovlar ham mavjud. Qandli diabed, allergiya, asmaga chalingan yoki as alga sezgirligi yuqori bemorlarga bu ne’matni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Asalni shirchoy, sut yoki shirguruch bilan yegan ma’qul. Uni qaynoq suv va issiq choyga aralashtirib ichilsa, tarkibidagi foydali minerallari yo’qolishi mumkin.
Kasalliklarni davolashda asalni to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Yuqori nafas yo’llari shamollashida tog’ asalni foyda qiladi.
Hazm yo’llari xastaliklarida cho’l va dala gullaridan olingan asal shifo.
Yurak xastaliklarida o’rmon asali ko’proq naf keltirsa, buyruq dardlarini davolashda kashtan daraxti gulining asali qo’llaniladi.
Asal o’z shifobaxsh xususiyatlarini yo’qotmasligi uchun unit emir, tunuka, alyumin yoki mis idishlarida emas, balki shisha, chinni va spool idishlarda saqlagan ma’qul. Bundan tashqari, asal solingan idishlar quyosh nuri va isitish moslamalaridan uzoqroqda tursin.
shifo.uz/article/asal-va-uzoq-umr