Ayollar o’z sochlarini parvarishlash, rangi, shaklini chiroyli ko’rinishda saqlash uchun ko’plab vositalardan foydalanadilar.Ulardan biri xinali bo’yoq hisoblanadi. Hozirda u do’konlarda tegishli ko’rsatmalar yozilgan paketlarda kukn shaklida sotiladi. Ko’pchilik ayollar undan mustaqil holda, ya’ni uy sharoitida tayyorlab, foydalanadilar.
Ma’lumot uchun: xina — maxsus o’simlik bargidan olinadigan qizg’ish-sariq bo’yoq. Undan matolarga o’chmaydigan rang berishda, shuningdek soch uchun bo’yoq tayyorlashda foydalaniladi.
Xinali bo’yoqdan foydalanish borasida ayollar turli fikrga va amaliy tajribaga egalar. Jumladan, u soch to’kilishiga ta’sir ko’rsatadi degan fikrlar mavjud. Xinadan ayollar qadimdan foydalanib kelishadi. U paytlarda tarkibiga boshqa vositalar qo’shilmagan xinaning o’zidan foydalanishgan. Hozirgi qadoqli xina kukuni tarkibida esa qo’shimcha vositalar mavjud. Shu bois undan uy sharoitida foydalanilganda, albatta, sochning qalin yoki siyrakligi, rangi e’tiborga olinadi. Eng muhimi, bo’yoqni tayyorlash tartibini, qancha miqdorda qo’llash kerakligini nazorat qilish lozim. Chunki tartib buzilsa, soch rangi kutilganidan kamroq yoki ko’proq tus olishi mumkin.
Xina bo’yog’i umuman qizg’ish jagr-rang bo’ladi. Uning kam-ko’p darajadagi tusini bosma bo’yoqni xinaga qo’shib to’g’rilash mumkin. Shunda rang yanada to’qroq tusga kiradi. Albatta, uning kimyoviy bo’yoqlarga qaraganda ta’siri ko’proq. Lekin, ma’lum bir afzalliklarga ega.
Xina bilan soch bo’yash anza arzon, va sochlar xech bir qo’shimcha balzamlarsiz jilolanib turadi. Soch turmagining xajmi ortiqcha vositalarsiz, ya’ni mutaxassis sartaroshning xizmatisiz ham hosil bo’ladi. Sochlar ancha tartibga kelib, qazg’oqlar yo’qoladi. Soch rangi ikki-uch kun emas, balki ancha muddat saqlanib turadi va o’z jilosini yo’qotmaydi.
Umuman olganda, ushbu vositalardan foydalanishda mutaxassis maslahati bilan ish tutish va mahsulot yo’riqnomasi bilan yaxshilab tanishib chiqish samarali natijani beradi.