Koʼpchilik onalar “Bir yoshgacha bolaga xech qanday sovun yoki shampun ishlatish shart emas” degan fikrni taʼkidlaydilar. Аmmo bu fikr koʼp hollarda oʼzini oqlamaydi. Hohlaymizmi-yoʼqmi, turmushda albatta unga ehtiyoj sezamiz. Sovundan ham koʼra shampundan foydalanish qulayroqdek tuyuladi. Mutaxassislar ham sovundan muntazam foydalanish goʼdakning terisiga salbiy taʼsir koʼrsatishini taʼkidlashadi. Shampunlar tanlovini esa ijobiy baholashadi. Аmmo bu bolalar boshini yuvishda ham kattalarga moʼljallangan shampundan foydalanish kerak degani emas.
Shampunlar faqat tozalikka xizmat qilmaydi. Chaqaloqning sochi siyrak boʼlishi uni yuvmasa ham boʼladi degani emas. Bola sochi kichkinaligidanoq toʼgʼri parvarish qilinsa, bu kelajakda uning sogʼlom va jilokor boʼlishini taʼminlaydi. Аslida boshni yuvishdan maqsad faqatgina yogʼ, kir va changni tozalash emas, balki sochni oziqlantirish, ildizlarini mustahkamlashdir. Shampunlar tarkibidagi foydali moddalar taʼsirida esa bosh terisi va soch oziqlanadi, sogʼlomlashadi, ildizi mustahkamlanib oʼsishi tezlashadi.
Tanlovda quyidagilarga eʼtibor bering: olayotgan mahsulotingiz faqatgina taniqli firmaniki ekanligiga emas, balki uning tarkibi va foydalanish muddatiga ham eʼtibor bering. Аyniqsa tarkibida teri yalligʼlanishining oldini oluvchi va turli mikrob, bakteriyalardan himoyalovchi ekstraktlar boʼlishi juda muhim.
Universal shampunlar juda foydali. Yana shunday universal shampunlar borki ular bilan nafaqat soch, balki bolaning butun badanini ham yuvish mumkin. Bu turdagi shampunlar tarkibida moychechak (romashka), kolendula, chereda, lavanda kabi tabiiy dorivor giyohlar ekstrakti mavjud. Lavanda ekstrakti bor boʼlgan shampun esa goʼdakni tungi uyqudan oldin choʼmiltirishga moslab ishlangan. Chunki uning hushboʼy ifori goʼdak mushaklarini boʼshashtirib, tinchlantiradi.
Sovunning oʼrni. Baʼzi onalar bola terisi uchun shampundan koʼra sovunni foydali deb hisoblaydilar. Buning ham xech zarari yoʼq, faqat bunda goʼdak terisiga mos keluvchi vodorod koʼrsatkichli (pH) sovunlardan foydalanish lozim.
Kattalar shampuni bolaga zararli. Аziz onalar! Kattalar foydalanadigan shampun bolalarga aslo toʼgʼri kelmaydi. Shu tufaydi farzandingiz uchun ham maxsus shampunlar sotib olishni esdan chiqarmang. Kattalar shampunlari ortiqcha yogʼni kamaytirishga moʼljallangan. Bolalarning terisi yesa 7 yoshgacha yupqa boʼladi, shuningdek ular juda kam miqdorda yogʼ ajratadi. Tabiiyki bolaning bosh terisi yogʼga qarshi minerallar bilan muntazam reaktsiyaga kirishishi natijasida quruqlashib boradi. Odatta bolalarning nozik organizmi allergik reaktsiyalarga koʼproq duchor boʼladi. Goʼdak qanchalik kichik boʼlsa, uning terisi ham tashqaridan kelgan mikroorganizm (mikrob, bakteriya)larga qarshi shunchalik sekin kurashadi. Ularning taʼsirini kamroq kesadi. Kattalarning shampuniga allergik chaqiruvchi turli sunʼiy boʼyoq, yaltiroq tus beradigan moddalar qoʼshiladi. Maxsus bolalar shampuni esa alohida zararsiz moddalardan tayyorlanib, unda turli biofaol qoʼshimcha, yorqin boʼyoq, oʼtkir hidlar boʼlmaydi.