Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironligi bo‘lgan shaxs shaxslarga sog‘lomlashtirish uchun har yili bir yo‘la beriladigan moddiy yordam:
ishlamayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga — yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan;
ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga — asosiy ish joyidan to‘lanadi.
Yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga salomatlikni tiklash uchun quyidagi miqdorlarda yillik bir yo‘la moddiy yordam belgilansin:
1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
3-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida.