Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridagi imtiyozlar





Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to‘xtab turishi uchun bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob’ektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismida nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.




Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylari to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizini (kamida 2 ta joy) tashkil etishi lozim.




Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga Yo‘l harakati qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq «5.15. To‘xtab turish joyi» va «7.17. Nogironlar» yo‘l belgilari o‘rnatiladi.


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan «Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobilь» taniqlik belgisi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi hamda 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo‘lganda foydalanishi mumkin.




Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.