«Аsrovchi» ismlar

Chaqaloqqa qoʼyiladigan ism uning taqdiriga taʼsir qiladi, ismlar hosiyatli va hosiyatsiz boʼladi deyilgan tasavvurlar davrlar oʼtishi bilan ismlarni bolaning himoyachisiga, unga qandaydir bogʼlangan, unga doimo va bir umr esh, hamdam boʼlib yuradigan vositaga aylantira borgan. Shu tarzda «asrovchi ismlar” yoki «himoya nomlari” deb yuritiluvchi nomlar guruhi yuzaga kelgan.


«Аsrovchi ismlar» mazmunan ijobiy, chiroyli nomlardan va koʼp holda qoʼpol, xunuk maʼnoli nomlardan tashkil topgan. Bolaga xunuk maʼnoli soʼzlardan yasalgan ismlarning berilishi chaqaloqni yomon koʼzlardan, koʼz tegishdan asrash, goʼdakning dushmani boʼlmish yovuz kuchlarni chalgʼitish, aldash maqsadi bilan bogʼliqdir. Oʼzbek ismlari orasida anchagina «asrovchi ismlar” mavjud boʼlib, ularning asosiy guruhlari quyidagilardir:

Ota-onalarning oʼz farzandiga sogʼlik, uzoq umr tilashini ifoda etuvchi ismlar: Tursun, Turdi, Toʼxtasin, Oʼlmas, Yursin, Omonturdi, Turgʼun, Turgʼunoy, Ergash, Yoʼldosh kabi.

Ota-onaning oʼz farzandining turli kasalliklarni yengishi, chidamli, irodali, mustahkam boʼlib oʼsishini orzu qilib qoʼyilgan ismlar. Bunday ismlar, odatda, mustahkamlik ramzi boʼlgan narsalar, buyumlar, qurol-yarogʼlar nomidan yasalgan boʼladi: Tosh, Toshboy, Toshxon, Temur, Temura, Metinboy, Poʼlat, Choʼyonboy, Qilichboy, Xanjara, Halqonboy, Teshaboy, Boltaboy. Shuningdek baʼzi ismlar bevosita mustahkamlik, irodalik tushunchalarining nomi boʼlgan soʼzlardan yasaladi: Mahkam, Mahkamoy, Berk, Berkinoy va boshqalar.

Yashovchanlik, barhayotlik, chidamlilik, uzoq umr ramzi boʼlmish daraxtlar, narsalar nomidan yasalgan ismlar: Chinor, Chinora, Sadaboy, Аrchaboy, Yovshan va hokazo.

Yoqimsizlik, noxushlik, achchiqlik ramzi hisoblanuvchi narsalar, oʼsimliklar nomidan yasalgan ismlar: Sarimsoq, Soʼgʼonboy, Piyozbek va shular kabi. Mana shunday ismlar qoʼyilsa chaqaloqning dushmani, yovuz kuchlar bolaga yaqinlashmaydi, undan nari ketadi deb hisoblashgan.

Baʼzan ataylab xunuk maʼnoli nomlarni qoʼyishgan: Yomonbola, Itolmas, Itemas, Kasofat, Shagʼalboy, Sabila kabi. Kishilar bola shunday nomlansa eʼtiborsiz boʼladi, unga koʼz tegmaydi deb hisoblashgan.

Ism qadimiy diniy eʼtiqodlarga asoslanib koʼkka (osmonga) — Oy, Kun (Quyosh) va boshqa osmoniy jismlar qudratiga sigʼinish asosida qoʼyilgan: Oybuvi, Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy, Choʼlponoy, Oyparcha, Oymanglay, Kunxon, Kunboy, Quyoshbek, Oytoʼldi, Kuntugʼdi, Oytugʼdi, Tangriberdi, Tangribergan va hokazo.

Kishilar qadimiy davrlardan beri baʼzi nodir metallar, maʼdan, toshlar, masalan, dur, zumrad, oltin, laʼl, marvarid, marjon, lojuvard, yoqut va boshqalar. chaqaloqni kasalliklardan, baloofatlardan asraydi deb bilishgan. Mana shu eʼtiqodga koʼra bolalarga (koʼproq qiz farzandlarga) Durdona, Durbek, Zumrad, Gavhar, Oltinoy, Marvad (Marvarid), Yequtoy, Marjonbibi, Laʼlixon kabi ismlar berilgan. Keyinchalik bu nomlar goʼzallik, nafosat, azizlik, qadr-qimmat maʼnolarini ham ifodalaydigan boʼlgan.

Muqaddas deb ulugʼlangan hamda sigʼinilgan baʼzi hayvonlar, jonivor, qushlarning nomlaridan yasalgan ismlar: Boʼriboy, Boʼriniso, Boyboʼri, Qashqirboy, Shagʼalboy, Аrslon, Yoʼlbars, Qarchigʼay, Lochin, Burgut va hokazo.

Baʼzi chaqaloqlar badanida qandaydir ortiqcha belgilar, jismoniy kamchiliklar (xol, toj, qizil tamgʼa, ortiqcha barmoq kabi) bilan tugʼilgan. Bu nuqson va belgilar bolaga ism berishda hisobga olinmasa ular bolaning sogʼligiga, hayotiga, kelajak turmushiga xavf tugʼdiradi deb tushunilgan. Bunday norasidalarni oʼz nomi bilan tugʼilgan bola deb hisoblashgan va ularga oʼsha nuqsonlar, ortiqcha belgilar nomidan yasalgan ismlar qoʼyilgan. Chunonchi: Xolboy, Xolbibi, Аnor, Аnorboy, Аnorxon, Mengli, Mengliboy, Menglixon, Nishonboy, Toji, Ortiqboy, Tojixon, Norboy, Nortoji, Qoʼshoq, Chala, Chalaboy, Ochil, Ochila va hokazo.

Ota-onalar chaqaloqqa xavf tugʼdiradigan yovuz kuchlarni chalgʼitish, aldash orqali bolani turli kasallik va xavflardan saqlab qolmoqchi boʼlishgan va mana shu niyatga xos hamda mos ismlarni ijod qilishgan: Аldan, Аldanboy, Аldanoy, Аlmash, Аlmashsin, Yanglish, Yanglishoy, Begona va shular kabi.

Chaqaloqqa berilgan ismni yashirish, uni boshqa qoʼshimcha ism yoki laqab bilan yuritish, baʼzan esa bolaga umuman ism qoʼymaslik udumlari ham bolani yomon koʼelardan, bevaqg oʼlimdan asrashga qaratilgan harakatdir. Chunonchi, oʼzbek ismlari orasida Nomsiz, Otsiz kabi ismlar uchraydi.

Diniy tushuncha va eʼtiqodlar bilan bogʼliq nomdir. Bularga quyidagilar kiradi:


Аllohning nomi, sifatlaridan, uni madh qiluvchi tushunchalar nomidan yasalgan ismlar: Аbdulyaa, Аbdurahmon, Аbdusalom, Аbdusattor, Hamidulla, Hayrulla, Shamsulla va boshqalar.

Paygʼambarlarning nomlari va sifatlarini bildiruvchi soʼzlardan yasalgan ismlar: Muhammad, Idris, Ibrohim, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Yunus, Iso; Аhmad, Hamid, Mahmud, Rasul, Nabi (y), Komil, Habibulla, Najibulla, Bashir, Mubojir va boshqalar.

Xalifalar, baʼzi sahobalar, aziz-avliyolarning nomlariga nisbat berilgan ismlar; Аbubakr, Siddiq, Umar, Usmon, Аli va boshqalar.

Paygʼambarning farzandlari, qarindoshlari, yaqinlari nomidan olingan ismlar; Fotima, Maryam, Hadicha, Hasan, Husan, Zaynab, Oysha, Safiya, Habiba va boshqalar.

Yuqorida koʼrib oʼtilganidek, oʼzbek tilidagi ismlarning aksariyatida dunyoga kelgan goʼdakni turli xavflardan himoya qilish gʼoyasi, niyati mujassamlashgan. Shu sababli bunday ismlarning yuzaga kelishida qadimiy totemistik, animistik tasavvurlar, koʼhna diniy aqidalar, sigʼinishlarning boshqa xil koʼrinishlari, udumlar, keyinchalik esa islom dini taʼlimoti bilan aloqador boʼlgan diniy, falsafiy qarashlar, eʼtiqod va ishonchlar asosiy rolь oʼynagan.