Markirovkalash uchun zarur bo‘ladigan uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi





2027-yil 1 yanvargacha raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari kamaytirish huquqi beriladi.




Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash uchun zarur bo‘lgan va import qilinadigan uskunalar (TIF TN kodlari: 7616 999 009, 9029 900 009, 8544 499 500 va 8528 529 000) 2024-yil 1-iyundan 2027-yil 1-iyungacha bojxona bojidan ozod qilinadi.
2024-yil 1 sentyabrdan:


pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 foizi miqdoridagi har oylik yig‘im joriy etiladi.