Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda bolani olish



Bolaning hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolgandavasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqli. Bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Bola olinganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorga xabar berishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.

Bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.



Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.