Fuqarolari yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazi orqali elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshiradi.
Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari, qoida tariqasida, 25 — 30 avgyst kunlari quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — test sinovlari;
xorijiy fuqarolar uchun — og‘zaki suhbat;
ko‘zi ojizlar uchun — tanlov asosida.
Abiturientning kirish imtihoni natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tartiblarning buzilishi aniqlanganda, imtihon natijalari bekor qilinadi, abiturient o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, u yuridik texnikum o‘quvchilari safidan chetlashtiriladi.
Adliya vazirligining abiturientlarni yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 2 sentyabrdan kechikmasdan qabul qilinadi.