Nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qat’iy nazar tayinlanadi





Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023-y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi




Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:


nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga;
davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga;
davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga.

Shunga ko‘ra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:


nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
parvarishlash nafaqasi;
nogironlik nafaqasi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
yoshga doir nafaqa.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.




Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.



DXM ma’lumot olingandan so‘ng 5 daqiqa ichida:


nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qaerdan olish to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga ko‘ra nafaqani etkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan bank filiali orqali to‘lanadi.



Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy to‘lov oyidan kechikmay to‘lanadi.




Nafaqa oluvchi O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chganda, nafaqani to‘lash yangi yashash joyi bo‘yicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa to‘lash avvalgi yashash joyi bo‘yicha nafaqa to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.