16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi





16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.




Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.




MK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.




Ayrim hollarda nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar pasporti bo‘yicha ro‘yxatda turgan joylarda yashamasdan boshqa joylarda ham yashashlari mumkin. Mazkur holatda bolalarning tibbiy hujjatlari yashash joyidagi tibbiy muassasadagi TMKga taqdim etilib, tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi va pasport bo‘yicha ro‘yxatda turgan joyidagi TMK tomonidan ham tasdiqlanadi.




1 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari



2 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari



Nogiron bolalarga protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari berish uchun asos bo‘luvchi tibbiy ko‘rsatmalar