Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar xalqaro noqonuniy muomalada bo‘lishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida bojxona organlari har bir alohida holda chet davlatning bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvlarga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalanadi, ya’ni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va prekursorlarning o‘z nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yadi.
Nazorat ostida etkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi bo‘lgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolarga yoki ular bilan qonunga xilof xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
Nazorat ostida etkazib berish usulidan foydalanish to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida etkazib berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi.
Davlat bojxona qo‘mitasi qabul qilingan qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida etkazib berilayotganda bu tovarlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda to‘liq yoki qisman olib qo‘yilishi yoki almashtirilishi mumkin.
Odamlarning sog‘lig‘i, atrof muhit uchun katta xavf tug‘diradigan yoxud ommaviy qirg‘in quroli tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan ashyolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.
Nazorat ostida tovar etkazib berish usuli qo‘llanilganda musodara qilingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni tasarruf etish