Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish





Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.



Nodavlat notijorat tashkiloti yuridik shaxs bo‘ladi.




Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.



Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida 2 ta nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.



Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta’sis s’ezdini (konferentsiyasini) yoki umumiy yig‘ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.




Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.