Uy-joy oldi-sotdi shartnomasinotarial tasdiqlanishi shart.
Uy-joyni oldi-sotdi shartnomalari notarial tasdiqlash uchun fuqarolar davlat notarial idoralariga murojaat qilishlari lozim.
Notarial idorada uy-joy oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, taqdim etiladigan hujjatlar va undiriladigan to‘lov miqdorlari bilan havolada tanishing.
Hayotiy misol: uy-joy maydoni bir shaxsga
Savol: Ch. ismli shaxs uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qancha ekanligi va ushbu norma qaysi idora tomonidan belgilanishi to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berishni so‘radi.
Javob: Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – 23 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.