Shahar yo‘lovchilar transportining harakat jadvali





Shahar yo‘lovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi.



Barcha bekatlarda, oxirgi va to‘xtab o‘tish manzillarida yo‘nalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot lavhasi joylashtiriladi.
Metropoliten bekatlarida poezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi.

Toshkent shaxridagi avbotuslar yo‘nalishi reestri



Avtobusda yurishda taqiqlanadigan harakatlar





Quyidagilar avtobusda yurishda taqiqlanadi
mast holda yurish;
alkogolь va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
oynadan tashqariga osilish;
tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘qotar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish;
tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish.