Eski na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi na’munadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish
Bu qanday ishlaydi?
Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi;
Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitantsiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya’ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar
Eslatma ! Yagona portal orqali ariza yuborganingizdan so‘ng Davlat xizmatlari markazlariga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerak:
Fuqarolik pasporti;
Eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi.
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:
2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023-yil 30 iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023-yil 30 sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: Davlat xizmatlari markazida 30 daqiqada
Xizmat narxi: Bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Bog‘lanish: +99 8 71 267-63-15