Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish





Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish




Bu qanday ishlaydi?


Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi
So‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboriladi
Arizachi belgilangan muddatda ma’lumotlar yig‘ish punktiga qo‘l barmoq izlarini topshirish va su’ratga tushish uchun shaxsan tashrif buyuradi
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjatni belgilangan kun va vaqtda vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etish

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi



Bog‘lanish: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish idoralari aloqa raqamlari



Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar



Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 10 ish kuni mobaynida



Xizmat narxi: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi