Bu qanday ishlaydi?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beriladi va to‘lov amalga oshiriladi; bunda ariza berish uchun arizachi uy-joyning kadastr raqamini va doimiy ro‘yxatga qo‘yilayotgan shasning JSh ShIRni bilishi lozim.
So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yuboriladi.
So‘rovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan doimiy ro‘yxatga olinishi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga (elektron tarzda) yuboriladi.
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Bog‘lanish: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish idoralari aloqa raqamlari
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 kun mobaynida
Xizmat narxi: Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida.
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.018 BHM