16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish





16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.



TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.

Vakolatli organ: yashash joyidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi



Tibbiy xulosa olish uchun bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko‘chirma, zaruriyat bo‘lgan hollarda rentgen, UTT, EEG, kompьyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va o‘tkazilgan boshqa tekshiruvlar) taqdim etiladi.


TMK tibbiy xulosani berishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim
bolalarning tibbiy hujjatlaridagi ma’lumotlar (kasallik tarixidan ko‘chirma, ayrim hollarda rentgen, UTT, EEG, kompьyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari o‘tkazilgan tekshiruvlar);
nogironlikka sabab bo‘lgan holatlar (tug‘ma, nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklar yoki jarohat va surunkali kasalliklar, orttirilgan patologik holatlar natijasida yuzaga kelgan turmush faoliyatining cheklanganligi);
kasallikning xususiyati, bolalarning yoshi, uning a’zolari funktsiyasining buzilish darajasi, kompensator mexanizmlar holati, kasalliklarning kechishi, ijtimoiy moslashuv imkoniyatlari;
bolalarning tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga va mehnatga doir komplekslarini qamrab olgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilanadigan ijtimoiy himoyaga muhtojligi va boshqalar.




Xizmat uchun to‘lov: bepul