BMT Ayollar tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirishga qaratilgan tashkilotidir.
BMT Ayollar tashkiloti butun dunyo bo‘ylab ayollar va qizlar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi va 4 ta strategik ustuvorlikka e’tibor qaratgan holda hayotning barcha jabhalarida ayollarning teng ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi:
hukumat faoliyatida ayollar boshqaruvi va ishtiroki teng;
ayollarning daromad olish, munosib ish tanlash va iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyati;
barcha ayollar va qizlar zo‘ravonlikning barcha shakllaridan xoliligi;
ayollar va qizlar barqaror tinchlik va insonparvarlik harakatlaridan teng foyda olishi.
Tashkilot quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
ayollarning huquqiy maqomi bo‘yicha komissiya va hukumatlararo organlarni siyosat, global mezonlar va me’yorlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash;
a’zo davlatlarga ushbu mezonlarni joriy etishda yordam berish, talab qilgan mamlakatlarga tegishli texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish va fuqarolik jamiyati bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
BMT tizimining gender tengligi bo‘yicha ishiga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va mas’uliyatni oshirish, shu jumladan tizim miqyosida muntazam monitoring o‘tkazish.