Kimga qiyinroq bo‘lishi noma’lum — maktab o‘quvchilarigami yoki ularning ota-onalarigami. Lekin ota-onalarda sentyabr oyini hamma oylar uchun yoqimliroq qilish imkoniyatlari ko‘proq.
Tinchlaning, hammasi joyida7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning maktabga borishlari — normal holat. Shuning uchun o‘quv yilini va uning boshlanishini qo‘rqinchli holatga aylantirmang.
Maktabda bolalarga o‘quv yili boshlangani, endi ular o‘qishlari, harakat qilishlari va mislsiz natijalarga erishishlari kerakligi haqida kamida yigirma marta takror-takror aytiladi. Shuning uchun bu nasihatlarni hech bo‘lmasa uyda takrorlamang. Maktab — bu unchalik qo‘rqinchli emas.
Ertalabki paytlarni yaxshi o‘tkazing
Bu juda qiyin. Chunki erta turishga odatlanmagan bolalarni birinchi paytlar ertalab turg‘izish ancha mashaqqatli ish. Bu murakkab ishlar butun kun davomida kayfiyatingizni buzmasligi uchun, ertalab yaxshi kayfiyat bilan mazali nonushta tayyorlang, budilnikning o‘rniga sevimli musiqa sadosi ostida farzandlaringizni uyg‘oting.
Dam oling
O‘qishdan va ishdan keyin, kundalik ishlarni bajarishdan oldin albatta dam olish — ajoyib odat. Yaxshisi, partada qimirlamasdan o‘tkazilgan bir necha soatning badaliga bolangiz bilan birgalikda sayr qiling.
Yangi o‘qituvchilarning ismini so‘rang
Yaxshisi sinf rahbariga murojaat qiling. Bolaga qanday yangi fanlar o‘tilishini va qaysi o‘qituvchilar bilan ishlashga to‘g‘ri kelishini bilib oling. Sinf rahbarining telefon raqamini oling.
Ishda muhim loyihalarni olmang
O‘quv yilining boshida farzandingiz kasal bo‘lib qolishi mumkin. Chunki bolalarning bir-biriga biron-bir virus yuqtirish ehtimoli ham yo‘q emas. Shuning uchun, vaqtincha ishlaringiz kamroq bo‘lsa siz uchun yaxshiroq bo‘ladi.
O‘zingiz maktabga qanday borganingizni eslang
Bolaning maktab sharoitiga yaxshiroq o‘rganib ketishiga yordam berish uchun o‘zingiz maktabga qanday borganingizni eslang. Lekin sizning farzandingizda hammasi boshqacharoq bo‘lishi ham mumkinligini hisobga oling.
Yangi vazifalar bermang
Hamma seksiya va to‘garaklarga qatnashishi shart emas. Busiz ham sentyabrning boshida taassurotlar yetib ortadi.