Olimlar yosh bolalarning nutqi va tafakkurining rivojlanishi – qo‘l va barmoqlarining nozik harakatlari miqdori hamda shakli-hajmi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri proporsional ekanligini isbotlagan.
Rag‘batlantiruvchi qo‘l mashqlari 5 bosqichdan iborat
Bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash; Barmoqlarni 5-6 marta (bosh bormoqdan tashqari) bukish va to‘g‘rilash 5-6 marta; Bosh bormoqni o‘ng-chap tomonga bukish, dumaloq shaklda harakatlantirish; Kaftni 2-3 marta faollashtirish: barmoq bilan bolaning kafti o‘rtasidan sekin spiral ko‘rinishida silash, spiral kengayib borib, oxiri bola bosh barmog‘ida tugaydi; Bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash.Barmoqlarning nozik harakatlarini rivojlantiruvchi mashqlar
- Bolani o‘n oyligidan boshlab barcha barmoqlarini harakatga jalb qilish kerak – kub, piramidalar, turli hajmdagi yarimsharni bir biriga taxlash, joylashtirish.
- Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davrda yog‘ochdan yoki plastmassadan bo‘lgan o‘yinchoqlar, masalan, legolardan piramida, uychalar yasash;
- Bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davrda mozaykalardan har turdagi shakllarni yig‘ish;
- Ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda o‘yinchoqlarni, yirik tugmachalarni teshiklardan arqon o‘tkazib bir safga terish, arqonlardan har xil shakldagi bog‘ichlar yasash;
- Artikulyatsiya mashqlari: sharlarni uflab shishirish, so‘zlarni dona-dona talaffuz qilishga intilish.
Barmoqlar bilan turli xil mashqlarni bajarib, bolalar barmoqlarini nozik harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, balki bolani chizishga, yozishga ham tayyorlaydi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.