Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli.
Apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadigan sudlar
Apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga qaytariladi.
O‘tkazib yuborilgan muddat, agar muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra birinchi instantsiya sudining ajrimiga binoan tiklanishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish
Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
Alohida hollarda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan 1 oyga uzaytirilishi mumkin