Apellyatsiya instantsiyasida ish yuritish





Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir.




Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli.



Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):


tegishli tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.



Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kunlik muddatda uni apellyatsiya instantsiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.




Agar qonunchilikda boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instantsiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy ichida berilishi mumkin.



Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin 10 kun ichida beriladi.


Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi va ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.