Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari esa kassatsiya protesti berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Birinchi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 yil ichida berilishi mumkin.
O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instantsiya sudining sudьyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran 3 oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudьyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi.
Birinchi instantsiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran 1 oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan 1 oyga uzaytirilishi mumkin.