Mahkumlarning uchrashuvlari va posilkalar olishi





Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi.


Mahkumlarga qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan muddati 4 soatgacha bo‘lgan qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.


Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, o‘g‘il (qiz) qilib olgan shaxslar, o‘g‘il (qiz) qilib olingan shaxslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi.



Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — 1 sutkadan 3 sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — 3 sutkadan 5 sutkagacha.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda bo‘lgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi.
Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qo‘yiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi.

Mahkumning iltimosiga ko‘ra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali so‘zlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga almashtiriladi.




Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferentsiya tizimi vositasida amalga oshiriladi.


Mahkumlarning telefon orqali so‘zlashuvlari
Mahkumlarning posilkalar olish tartibi

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin.




Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar etkazgan voqea) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (to‘rt sutkagacha) hisobga olmagan holda, 7 sutkagacha bo‘lgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. Mahkumlarga O‘zbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi.



Mahkumlarning chetga chiqishi