Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish





Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum jazoni o‘tashdan ozod qilinishi mumkin.





Quyidagi hollarda jazoni o‘tashdan ozod qilinadi:
muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
jazo engilrog‘i bilan almashtirilganda;
kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi tufayli;
amnistiya yoki avf etilganligi tufayli.




Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning ma’muriyati tegishli asos bo‘lgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart.