Hakamlik sudi qarorini ijro etish yoki bekor qilish





Hakamlik sudi qarorni ijro etish:



ixtiyoriy

Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi.



Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida ijro etish muddati belgilanmagan bo‘lsa, u darhol ijro etilishi kerak.


majburiy

Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv qarorida belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo‘lsa, u majburiy ijro etilishi kerak.



Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish qonunga muvofiq, vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.



Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
hakamlik bitimining qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha haqiqiy emasligi;
hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligi. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudi tomonidan qo‘llaniladigan normalar talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi qonun talablariga muvofiq emasligi;
hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflarining qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudьyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudining majlisi bo‘ladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim etolmaganligi.

Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunlarga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi kerak.