Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ta’minlash mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim.
Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:
hududlardan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etish;
maxsus shaharsozlik normalari va qoidalarini joriy etish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishning, tasdiqlashning va amalga oshirishning alohida tartibini joriy etish;
hududlarni va aholi punktlarini zararli ta’sirlardan himoya qilish bo‘yicha maxsus tarhlar hamda loyihalarni ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan shaharsozlik faoliyati ob’ektlari
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik ob’ektlar jumlasiga kiritish hamda ularning chegaralarini belgilash
Aholi punktlari hududlarining xavfsizligi kontseptsiyasini amalga oshirish maqsadida fuqaro muhofazasi talablariga, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek terrorchilik harakatlariga qarshi kurashish talablariga rioya etilgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Ob’ektlar to‘g‘risidagi axborot davlat sirlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli bo‘lgan ob’ektlar, shuningdek alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini qurish uchun maxsus ruxsatnomalar qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.