Er uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari er uchastkalari berilayotganda yuridik va jismoniy shaxslarni er uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Ob’ekt qurilishi qurilish boshlangan sanadan e’tiboran 2 yil ichida yoki shaharsozlik hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda, ob’ekt tugallanmagan deb hisoblanadi.
Er uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak
Binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini imkoni boricha to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui ob’ektlarni rekonstruktsiya qilishdir.
Er uchastkasini olib qo‘yish hamda yuridik va jismoniy shaxslarning olib qo‘yilgan er uchastkasidagi ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzish faqat ko‘chmas mulk bozor qiymatining va mulkdorga etkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.