Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qo‘llash va rivojlantirishni rag‘batlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.
Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan ob’ektlarni qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi xavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar mustasno.
Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini ta’minlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros ob’ektlarini, qishloq xo‘jaligi erlari va o‘rmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklovlar:
madaniy meros ob’ektlarining muhofaza zonalarida, qo‘riqxona zonalarida;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning ta’siriga duchor bo‘lgan zonalarda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarida;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitli zonalarda belgilanadi.
Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin.
Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.
Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’ektlarni, ibodatxonalarni, avtomobilь transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’ektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’ektlarning sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar
Harbiy ob’ektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari o‘ziga nisbatan alohida rejim belgilanadigan ob’ektlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.