“Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–338-son, 29.07.2022-y.) qabul qilindi
Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm kontseptsiyasi tasdiqlandi.
Kontseptsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to‘g‘risida seminar, simpozium, konferentsiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkaziladi.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o‘zaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.
2023-yildan har 2 yilda 1 marotaba:
may oyining uchinchi dekadasida Marg‘ilon shahrida “Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko‘rgazma va ilmiy-konferentsiya;
iyunь oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali;
iyulь oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali;
avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.
Turkiy dunyo doirasida «Tabarruk ziyorat» turizm kontseptsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar REJASI.