Elektron tijorat nima?





Elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisidir





Elektron tijoratning asosiy printsiplari:
elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;
elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;
elektron tijorat sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini ta’minlash;
elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi;
elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash.



Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.




Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.





Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish (taklif etish);
elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yo‘li bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish;
elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga saqlash uchun topshirish.




Elektron tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.