Iste’molchining asosiy huquqlari





Iste’molchi - bu mahsulot, ish yoki xizmatni shaxsiy iste’mol yoki foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda sotib oladigan yoki buyurtma qiladigan fuqaro.





Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega
tovar (ish, xizmat) haqida, uni ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida ishonchli va to‘liq ma’lumot olish;
tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlashga va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishini talab qilish;
tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishini talab qilish;
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan etkazilgan zararning qoplanishini talab qilish;
buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha sudga yoki vakolatli organlarga murojaat etish.
iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.



Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga ajratilgan iste’molchilarning ayrim guruhlari uchun qonunchilik tomonidan savdo, maishiy va boshqa xizmat turlari sohasida imtiyozlar va ustunliklar berilishi mumkin.


Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan erdagi yoki zarar etkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.