Qurol to‘g‘risida





Qurol — tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi.



Qurol mo‘ljallanilgan maqsadi hamda asosiy parametrlari va tavsiflariga ko‘ra fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol bilan muomilada quyidagilar taqiqlanadi


Qurol va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga quyidagilar ega:
maxsus organlar va harbiy tuzilmalar;
maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar;
qurol ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
qurolni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
qurolni kollektsiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
chet el fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Yuqoridagilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining amal qilish muddati 3 oylik bo‘lgan ruxsatnomalari asosida fuqaroviy va xizmat qurolini olish huquqiga ega.





Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma unda ko‘rsatilgan qurolni hamda uning o‘q-dorilarini olish, Milliy gvardiya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar ularni tashish va saqlash huquqini beradi.



Quyidagilarni olish Milliy gvardiya organlarining ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi
Litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar qurolni realizatsiya qilishi mumkin.