Faoliyat haqida
Insonning vazifasi oqilona faoliyatdir.
ARASTU
Ilgarilari tabiati boy mamlakatlar eng badavlat mamlakatlar hisoblanardi, endilikda odamlari g‘ayratli bo‘lgan mamlakatlar — badavlat hisoblanadi.
G. BOKL
Inson faoliyat uchun yaratilgan. Faoliyatsizlik esa yo‘qlik degan so‘z.
F. VOLTER
Hayot bilan faoliyat alanga va yorug‘lik singari o‘zaro chambarchas bog‘langandir.
F. N. GLINKA
Ish qilishdan to‘xtasak — yashashdan to‘xtaymiz.
B. ShOU
Hech narsa qilmaslik yashamaslikdir… Kimki diliga hayot manbai, ya’ni jonli faoliyat manbaini jo etib yurmas ekan, kimki o‘ziga ishonmas ekan,— u doimo hamma narsani tashqaridan va tasodifdan kutadi.
V. G. BELINSKIY
Chinakam g‘ayrat sohibi yo‘lga chiqishi bilanoq ro‘parasida darhol shu qadar ko‘p ishlarni ko‘radiki, oxir-oqibat u boshqalarning ishlatmayotganidan ham shikoyat qilmaydi, nimadir bir ish topib, nimadir qilishga ham ulguradi.
F. M. DOSTOEVSKIY
Borliqning elementi — mehnat va borliqning eng aniq belgisi faoliyatdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Hech qanday mavqe faoliyatsizlikni oqlay olmaydi; har doim ham nimadir bir ish qilish mumkin; iloji bor bo‘lgan ishni hamisha bajarish kerak.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Ishchanlikning mukofoti o‘zi bilan. Harakat qilish, yaratish, vaziyat bilan kurashga kirishish, uni yengish yoki o‘zini yengilgan his qilish, mana, quvonch qayerda; insonning butun sihat-salomatligi ham mana shunda!
E. ZOLYa
Buyuk ishlar tezda yuzaga chiqmaydi.
SOFOKL
Bordi-yu haddan tashqari o‘zbilarmonlikka berilib, birinchi martadayoq juda ko‘p qo‘shimcha ma’lumotlar, fikr bildirishda aql yetukligi va hayot tajribasi talab qilinadigan ishda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan odam, eng noyob iste’dod egasi bo‘lsa ham osongina o‘zini sharmanda qilib qo‘yadi.
N. I. PIROGOV
Yirik muvaffaqiyat avval nazarda tutilgan va puxta o‘ylangan behisob mayda chuydalardan tashkil topadi.
V. O. KLYuChEVSKIY
Inson faoliyati yuksak g‘oya bilan sug‘orilmagan bo‘lsa, samarasiz va hech narsaga arzimaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Hech narsa hayotni yagona maqsadga qaratilgan faoliyatdek zavqli qilolmaydi.
F. ShILLER
Har bir odamga muayyan bir faoliyat turi hamroh bo‘ladi, bu faoliyat uni jamiyat uchun foydali kishiga aylantiradi va ayni paytda unga baxt keltiradi.
M. BARRES
Faqat harakatgina ezgulikning haqiqiy qadr-qimmatini belgilaydi.
SISERON
Bizning asosiy vazifamiz nigohimiz va e’tiborimizni olis ufqlardagi narsalarga qaratishda emas, balki bevosita o‘zimizga yaqin yumushlarni bajarishdadir.
T. KARLEYL
Hamma kobiliyatlarning sarvari sog‘lom fikrdir. Xayrli ishning o‘zi kifoya emas, bu ishni vaqtida va mavridi bilan bajarmoq lozim. Iste’dod egasi nima qilish zarurligini biladi, ichki me’yor qachon va qanday ish qilish lozimligini aytib turishi kerak.
U. METYuZ
Maqsad aniq bo‘lmasa, hech bir ishni ko‘ngildagidek bajarib bo‘lmaydi.
A. S. MAKARENKO
Asossiz ish, nimaga qaratilganidan qat’iy nazar, doimo inqiroz bilan tugaydi.
I. GYoTE
Eng halokatli xatolarimizdan biri — yaxshi ishni ham yomon bajarib, barbod berishi mizdir.
U. PENN
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bilim qatori o‘sha darajada ishbilarmonlik ham kerak.
P. BOMARShE
Harakatchan kishilar odatda omadli bo‘ladilar, aksincha, qiladigan ishlarini hadeb o‘ylayveradigan va sustkashlik qiladiganlarga omad kamdan-kam nasib etadi.
GERODOT
Biron-bir ishni bajarolmayman deb ko‘ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish siz uchun g‘oyat mushkul bo‘lib qoladi.
V. SPINOZA
Ikkilanish — kuchni yo‘qotish demakdir.
O.BALZAK
Ishning qadriga yetgan odam uning uchun jon kuydirishi kerak, aks holda, u o‘zini boshqa hech narsada ko‘rsatolmaydi.
I. GYoTE
Yutuq aksariyat dadil harakat qilguvchilarga nasib etadi, jur’atsiz, hadeb oqibatini o‘ylayveradigan kishilarning esa ishi chappasidan ketadi.
J. NERU
Bizning asosiy kamchiligimiz shundaki, biz ishdan ko‘ra ko‘proq muhokama qilishga berilib ketamiz.
J. NERU
Istakning o‘zi yetarli emas, harakat qilish kerak.
I. GYoTE
Insonning insonligi, fikrlari qanchalik olijanob bo‘lmasin, fikrlaridan emas, balki qilgan ishlaridan bilinadi.
T. KARLEYL
Ish fikr uchun emas, fikr ish uchun yaralgan.
F. VOLTER
Kishilarning faoliyati — fikrlarining eng yaxshi tarjimonidir.
J.LOKK
Ishni so‘zga aylantirishdan ko‘ra so‘zni ishga aylantirish ancha qiyin.
M. GORKIY
So‘z hamisha ishga nisbatan botirroq bo‘ladi.
F. ShILLER
Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, kerakli ishni qilishni istamagan odam dabdabali so‘zlar bilan niqoblanadi.
N. K. KRUPSKAYa
Dangasalar doimo nimadir qilmoqchi bo‘ladilar.
L. VOVENARG
Kimki yoshi bir joyga borgan bo‘lsa ham ish o‘rniga gap sotsa, u inson deb atalishga haqli emas.
Ya. KOMENSKIY
Suhbat va so‘zlar ham kerak, lekin ular muqaddima xolos, hayotning tom ma’nosi mehnatdadir, so‘zdan ishga o‘tishda, ularni bir-biri bilan uyg‘unlashtira bilishdadir.
D. I. MENDELEEV
Faoliyat bilimlarga olib boradigan yagona yo‘ldir.
B. ShOU
Harakat nazariya va amaliyotning jonli birligidir.
ARASTU
Ma’naviy boyligingiz qanchalik mustahkam bo‘lsa, fikringiz, so‘zingiz, ishingiz ham o‘zaro shunchalik chambarchas bog‘lanib ketgan bo‘ladi.
N. I. PIROGOV
ziyouz.uz