Xulq madaniyati haqida

Barcha fazilatlar singari o‘zni tuta bilish ham mashq orqali rivojlanadi. Kimki katta yoshga yetganda o‘z ehtiroslarini boshqarishni xohlar ekan, bunga u yoshligidan o‘rganmog‘i lozim.

G. SPENSER


Qiziqqon odam har doim ham badfe’l bo‘lavermaydi. Biroq odam qanchalik shiddatli va toz bo‘lsa, u o‘zini tutish ko‘nikmasiga ham ko‘proq ega bo‘lishi kerak.

N. V. ShELGUNOV


Insonning tushunmay va o‘zini tuta bilmay qolgan payti uning eng yomon holatidir.

M. MONTEN


Ehtiyotkor va sovuqqon bo‘ling. Sovuqqonlik otashyuraklik singari zarurdir.

J. LEBBOK


Kurash bor ekan, o‘z ustingdan g‘alaba qilishing mumkin va u haqiqiy g‘alabadir; ruhning kamolati ham jism kamolatidek mashaqqatli.

A. I. GERSEN


Uyurda kuchli fillar ko‘p bo‘lishiga qaramay, agar ular esankirab qolishsa, echki suruvidan farq qilmay qoladilar.

B. MUKERJI


Tajanglik va qaysarlikni kuchlilik belgisi, deb hisoblaydiganlar katta xato qiladilar. Jazavaga tushgan odamni hatto olti kishi zo‘rg‘a ushlab tursa ham, bari bir u kuchsizdir.

T. KARLEYL


Aksari tinch oqar daryolar sershovqin shalolalardan boshlangani bilan, biroq ularning hech biri to dengizgacha o‘ynoqlab, ko‘pirib borolmaydi. Bu sokinlik ko‘z ilg‘amas buyuk kuch belgisidir; hissiyotlar va fikrlar toshqinligi, teranli-gi ham ortiqcha shiddatni taqozo etmaydi.

M. Yu. LERMONTOV


Insonning haqiqiy kuchi uning shiddatida emas, balki sobit osoyishtaligidadir.

L. N. TOLSTOY


Insonning imkoni boricha vaziyatni o‘zi ko‘proq baholab, iloji boricha vaziyatga o‘zi tobe bo‘lmasligi, so‘zsiz, uning eng buyuk xizmati bo‘lib qolaveradi.

I. GYoTE


ziyouz.uz